22:30 / 23.07.2017
12684

Iroq xalq qo‘shinlari IShIDning 3 yirik qo‘mondoni o‘ldirilgani haqida ma'lum qildi

IShIDning 3 nafar yuqori martabali qo‘mondoni Mo‘sul yaqinida bo‘lib o‘tgan janglar vaqtida o‘ldirilgan. Ular orasida tashkilot politsiyasi rahbari ham bor. Bu haqda Iroq xalq qo‘shinlaridagi manbalar ma'lum qildi.

«Jangchilar 20 iyul kuni bo‘lib o‘tgan jangda o‘ldirilgan terrorchilarning jasadlarini o‘rganishgan, ulardan biri Tell-Afardagi «islom politsiyasi» rahbari Abu Imon, xudkushlarni tayyorlashga mas'ul Abu Abd Zaiziya va IShIDning yashirin guruhlari faoliyatiga javob bergan Nosir Abdalla Xoder al-Badraniy», — deya manba so‘zlarini keltirgan RIA Novosti.

11 iyul kuni OAVda IShID rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiyning o‘ldirilgani haqida xabar tarqatilgandi.

Top