00:09 / 23.07.2017
8573

«Vest Hem» yangi hujumchi transferini e'lon qildi

Angliyaning «Vest Hem» klubi «Stok Siti» hujumchisi Marko Arnautovichni sotib olganini e'lon qildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Britaniya matbuoti bergan xabarga ko‘ra, 28 yoshli avstriyalik futbolchi uchun «bolg‘aurarlar» 24 mln. funt sterling to‘lashiga to‘g‘ri kelgan.

Arnautovich «Stok» safiga 2013 yilning sentabrida Bremenning «Verder» klubi safidan kelib qo‘shilgandi. O‘tgan mavsumda Arnautovich APLning 32 uchrashuvida maydonga tushib, 6 gol va 5ta golga assistentlik qilgan.

Mavzuga oid
Top