14:50 / 24.07.2017
6800

22 iyul kuni Toshkentda yuz bergan yo‘l-transport hodisalari 

2017 yilning 22 iyul kuni Toshkent shahri hududida 2 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan. Mazkur yo‘l-transport hodisalarida 2 nafar shaxs tan jarohati olgan, vafot etganlar yo‘q. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

2017 yilning 22 iyul kuni YPX inspektorlari tomonidan jami 2501 ta huquqbuzarliklar bo‘yicha ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lib, shulardan, 622 tasini qo‘pol turdagi, 22 tasini mast holda transport vositasini boshqarish tashkil etgan. 

Toshkent shahar IIBB YHXB kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan 2017 yil 22 iyul kuni jami 756 ta huquqbuzarliklar qayd etilgan bo‘lib, shulardan 476 tasini svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga bo‘ysunmasdan harakatlanish, 280 tasini belgilangan me'yordan yuqori tezlikda harakatlanish tashkil etadi.

Top