07:37 / 24.07.2017
4663

Eronda 5 kishi metanoldan zaharlanish oqibatida halok bo‘ldi

Foto: AFP

Eron janubi-sharqidagi Kermon viloyati Sirjon shahrida kamida 5 kishi metanoldan zaharlanish qurboni bo‘ldi. Bu yerda alkogolli ichimliklar ichish taqiqlangan, deb xaba qilmoqda RIA Novosti. 

"Sirjonda 99 kishi metanol (metil spirti)dan zaharlangan, shu paytga qadar 5 kishi halok bo‘ldi", — degan Eron tez yordam rahbari Pir Xusayn Kulivand. Uning qayd etishicha, 99 kishidan 35 nafari shifoxonaga yotqizilgan. 

Kulivandning ma'lum qilishicha, qolganlar tez yordam olganlaridan so‘ng, shifoxonadan uylariga yuborilgan. 

Top