09:22 / 24.07.2017
28109

Ijarachilar diqqatiga: Toshkentda «ATLAS» nomli yangi savdo va ko‘ngilochar markaz ochilishi kutilmoqda

12 000 m2 maydonda barcha oila a'zolarimiz uchun ko‘ngilochar voqealar va yoqimli xaridlar!!! 

“ATLAS” savdo va ko‘ngilochar markazi – bu eng zamonaviy, piyodalar uchun qulay, avtoturargohlar mavjud bo‘lgan savdo maydoni bo‘lib, tashrif buyuruvchilar uchun quyidagi loyihalar taqdim etilishi ko‘zda tutilgan:

  • Umumiy ovqatlanish shoxobchalari
  • O‘zbekistondagi eng katta va eng zamonaviy bo‘lgan bolajonlar ko‘ngilochar o‘yingohi (1 490m2)
  • Dunyoga taniqli va mashhur brendlarga taalluqli kiyim-kechak, poyabzal va turli aksessuarlar savdo do‘konlari
  • Mobil operatorlar salonlari
  • Dorixonalar
  • Kimyoviy tozalash shoxobchalari.

Ushbu savdo va ko‘ngilochar markaz Toshkent shahrining Chilonzor tumani, Qatortol ko‘chasida joylashadi. Tumanda asosan ko‘p aholi istiqomat qiladi hamda barcha infrastrukturalar mavjud.  Mahalliy aholi nufuzi 236 mingdan ziyod bo‘lib, ulardan deyarli 160 ming aholi ushbu markaz yakinida istiqomat qiladi. Tashrif buyuruvchi xaridorlarning o‘rtacha yosh tarkibi esa 20 yoshdan 45 yoshgachadir.

Ushbu majmuada asosiy do‘konlar bu - «MEDIAPARK BOZORI» maishiy texnika va elektronika do‘konlar tarmog‘i hamda «SENOR & SENORITA» uy jihozlari do‘konlari tarmog‘i hisoblanadi.

Savdo va ko‘ngilochar markazning fasad qismida reklama joylashtirish uchun maxsus yoritish moslamalari bilan jihozlangan joylar mavjud bo‘lib, u yerda ijarachilar o‘z xizmat va mahsulotlarini tashviqot qilish imkoniga egadir. Shuningdek, tashqi fasadda ko‘cha uchun maxsus videotasvirli katta ekran ham tashviqot uchun xizmat qiladi.

Quyida tashqi fasadda tashviqot uchun mo‘ljallangan videoekranni taqdim etamiz.

Barcha qo‘shimcha ma'lumotlar va savollar bo‘yicha quyidagi telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin. + 998 98 360 25 25 va  +998 95 170 07 04

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top