11:30 / 24.07.2017
5634

Kobuldagi terakt uchun javobgarlikni "Tolibon" o‘z zimmasiga oldi 

Foto: Reuters

"Tolibon" radikal harakati Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrida amalga oshirilgan qo‘poruvchilik uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi, deya xabar tarqatmoqda TASS. Terakt oqibatida 24 kishi hayotdan ko‘z yumgani xabar qilingan edi. 

Avvalroq, Kobulning g‘arbiy tumanida portlovchi moslamalar to‘ldirilgan avtomobilning portlashi oqibatida 42 kishi jabrlangani aytilgandi

Hudkush terrorchi transport vositasini afg‘on siyosatchisi, Hoji Muhammad Muhaqqiq uyi yaqinida portlatgan. 

Halok bo‘lganlarning barcha tinch aholi vakillari bo‘lgan. 

Top