18:30 / 24.07.2017
7958

«Manchester Siti» yana bir qimmatbaho himoyachi sotib oldi

«Monako» himoyachisi Benjamen Mendi faoliyatini «Manchester Siti»da davom ettiradi.

«Shaharliklar» jamoasi rasmiy saytida ushbu chap qanot himoyachisi bilan 5 yillik shartnoma imzolangani haqida xabar qilingan.

Xabar qilinishicha, ushbu 23 yoshli fransiyalik futbolchi 57,5 million yevroga transfer qilingan.

U yangi jamoada biroz oldinroq «Roma» safiga o‘tgan Aleksandar Kolarovni almashtiradi.

Top