15:52 / 24.07.2017
6720

Mirobod tumanida fuqaroning yonidan marixuana topildi

2017 yilning 19 iyul kuni ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan Mirobod tumani hududida o‘tkazilgan “Qoradori-2017” tadbiri davomida fuqaro Timur Usarovdan og‘irligi 158,40 gramm bo‘lgan «marixuana» giyohvandlik vositasi aniqlanib olingan. Bu haqda Toshkent IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Top