08:35 / 24.07.2017
11728

Foto: Pike Neymar «Barselona»da qolishini ma'lum qildi

Foto: Twitter/@barcelona

«Barselona» himoyachisi Xerard Pikening xabar berishicha, hujumchi Neymar Kataloniya jamoasini yozda tark etmaydi.

Pike «Tvitter»da Neymar birga tushgan fotosuratni joyladi va unga: «U qoladi» deb izoh qoldirdi.

Kuni kecha OAV Neymar «PSJ»ga o‘tishga tayyor ekani va parijliklar bilan shaxsiy shartnoma shartlari borasida bir qarorga kelgani xabar qilingandi: forvard yiliga 30 mln yevrolik to‘rt yillik shartnoma imzolashi hamda jamoaga o‘tgani uchun katta bonus olishi haqida ma'lumot berildi.

Top