16:52 / 24.07.2017
6994

Toshkentda selfi-tayoqchani o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Foto: Toshkent shahar IIBB

2017 yilning 21 iyul kuni taxminan soat 13:00larda Murodillojon Abdug‘aniyev o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida Yunusobod tumani hududida fuqaro Miralimbek Mahmudjonovga (jabrlanuvchining anketa ma'lumotlari o‘zgartirilgan) tegishli bo‘lgan “Neksiya-2” rusumli avtomashina eshigi qulfini buzish yo‘li bilan ochib, uning salonidan fotosuratga tushish moslamasi (selfi-tayoqcha)ni o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan vaqtida jinoyat joyida ushlangan. Bu haqda IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan, Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 25, 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘irlikka suiqasd qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda. 

Yuqoridagi shaxsning xatti-harakatidan jabr ko‘rganlar bo‘lsa, «102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar organlariga murojaat etishi mumkin.

 

Top