22:50 / 25.07.2017
7219

79 yoshli ayol Porsche’ni 238 km/soat tezlikkacha "uchirdi"

Belgiyada 79 yoshli ayol Porsche Boxster GTS mashinasida umumiy foydalanish yo‘lida 238 km/soat tezlik bilan harakatlangani uchun 4000 yevro jarimaga tortildi va uch oyga haydovchilik guvohnomasidan mahrum etildi. Bu haqda Gazet Van nashri ma'lum qildi. 

Keksa ayol o‘zining bu xatti-harakatini kechasi uxlay olmagani va biroz shamollab kelish uchun mashinada sayr qilishga qaror qilgani bilan tushuntirgan. Uning aytishicha, u avtomobil ketayotgan tezlik haqida umuman tushunchaga ega bo‘lmagan, biroq o‘ziga chiqarilgan hukmga to‘liq rozi.

Avval 79 yoshli ayol birorta ham qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ymagan.

Porsche Boxster GTS rodsteri 3,4 litr hajmga ega 6 silindrli dvigatel bilan jihozlanadi. Dvigatel 330 ot kuchi beradi. Motor 6 pog‘onali mexanik yoki ikki ilashishli 7 pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi bilan birgalikda ishlaydi.

Mashina joyidan 100 km/soat tezlikka 4,7 soniyada erisha oladi, maksimal tezligi esa soatiga 279 km ni tashkil qiladi.

Top