07:53 / 25.07.2017
5822

AQSh kompaniyasi o‘z xodimlari qo‘llariga chiplar o‘rnatmoqchi

Foto: AFP

AQShning Three Square Market kompaniyasi o‘z xodimlari qo‘llariga bepul ravishda teri osti mikrochiplarini o‘rnatmoqchi. O‘lchami guruch donidek keladigan va narxi 300 dollarlik mikrosxema kompaniya personaliga ish joyidagi qurilmalar bilan ishlashga tez va oson ruxsat olishga imkon beradi.

Misol uchun, chiplar kompyuterlarga ulanishda, ofis texnikasidan foydalanishda va hattoki mahsulotlar xarid qilishda yordam beradi. Kompaniyaning 85 xodimidan 50 nafari bu tajribada ishtirok etishga roziligini bergan.

"Xalqaro bozor barcha uchun ochiq va fikrimizcha, kelajakda uning katta qismining harakatlanish yo‘nalishi bu sahnani birinchi bo‘lib egallaydiganlar tomondan belgilanadi", deb aytgan kompaniya vakili Patrik MakMullan.

Kompaniyada tushuntirilishicha, chipni teri ostiga joylashtirish va uni u yerdan chiqarib olish shprits yordamida amalga oshiriladi va bor-yo‘g‘i 2 soniya vaqt oladi.

Ma'lum qilinishicha, chip bank kartochkasi kabi ishlaydi, u GPS imkoniyatlariga ega emas va shu sababli uni kuzatib bo‘lmaydi.

Mavzuga oid
Top