10:05 / 25.07.2017
8428

Amerikalik amaldorlarga Tramp mehmonxonalarida to‘xtash taqiqlanishi mumkin

Foto: AFP

Virjiniya shtatidan kongressmen Don Bayyer federal xizmatchilarga xizmat safarlari vaqtida AQSh prezidenti Donald Tramp mehmonxonalarida to‘xtashni taqiqlashni taklif qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Demokratchi Bayyer kongressga Trampga "soliq to‘lovchilar hisobiga boyishga" xalaqit berishga qaratilgan 4 ta tuzatmani kiritdi. Gap yiliga 9 mlrd dollar haqida ketmoqda – hukumat xizmat safarlari va ular bilan bog‘liq xarajatlarga aynan shuncha miqdorda pul sarflaydi.

Kogressmenning aytishicha, u qonun loyihasiga tuzatmalarni "o‘z biznesidan voz kechishni istamayotgan respublikachi prezidentning misli ko‘rilmagan harakatlari hamda Tramp tashkilotlari va Oq uy o‘rtasida davom etayotgan  chalkashliklar" sababli kiritishni taklif qilgan.

Tramp ko‘plab mehmonxonalar, kazino, golf-klub va boshqa ko‘chmas mulk obektlariga ega. Tramp saylovlarda g‘olib bo‘lgandan keyin o‘z biznesini o‘g‘illariga topshirishini aytgan, biroq kompaniyasini sotishdan bosh tortgan. Shu sababli Oq uy egasi muxolifat tomondan tanqid qilinadi. Muxolifat Tramp xatti-harakatlarida manfaatlar ziddiyati mavjudligini ta'kidlaydi.

Top