11:30 / 25.07.2017
52316

Dunyoning eng g‘aroyib mayning-fermalari suratlarda

Foto: Lyu Sintsze

Bugungi kunda mayning bilan uyda ham shug‘ullanishmoqda. Biroq, bu turdagi «fermalar»ni konchilik faoliyati bilan bog‘lash noto‘g‘ri bo‘ladi. Hi-Tech Mail.Ru butun dunyodagi mayning-fermalar haqida hikoya qiluvchi suratlarni jamladi. Demak, yirik sarmoyalar, so‘nggi texnika va bitkoin orqali daromad ko‘rish haqida. 

Mayning bilan kim shug‘ullanadi?

Dunyodai taniqli maynerlarni 2 guruhga ajratsa bo‘ladi: birinchi guruhga daromad ko‘rishni xohlovchilar va ikkinchi guruhga mayning va blokcheyn hayoti mazmuniga aylanganlarni kiritish mumkin. Birinchi guruhga nafaqat bitkoinlar va efirda (Ethereum blokcheyni valyutasi) daromad qilganlarni, balki shu bilan bir qatorda sarmoyadorlarni faol jalb qilganlarni kiritish mumkin. Masalan, Genesis Mining «bulutli mayning»da ham pul ishlaydi. Ikkinchi guruhdagilar Gvido Rudolfiga o‘xshash kishilardir. U haqiqiy bitkoin ustasi bo‘ldi. Gvido tashlandiq fabrika binosida mayning-fermani barpo etdi. Endilikda u fermasini barchaga namoyish etmoqda, ma'ruzalar o‘qib, seminarlar tashkil etmoqda. 

Agar kriptovalyutalar siz uchun noaniq mavzu bo‘lib, «blokcheyn» va «mayning» nimaligiga qiziqsangiz, tezroq o‘rganib olishni tavsiya etamiz. Agar mayning haqida qandaydir axborotni o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, bizning ko‘rsatmalarimizga rioya qiling. 

Tomi ko‘k rangdagi bino Xitoydagi eng yirik bitkoin-fermalardan biridir. U Tibet tog‘lari bilan chegaradosh Sichuan viloyati tog‘larida joylashgan. Foto: Lyu Sintsze

Kuchli havo aylantirish tirqishlariga e'tibor bering. Xitoydagi fermalarning o‘ziga xos jihati – xalq homiyligidir. Ular mayningga pul berishadi va so‘ngra jarayonni smartfon orqali uylarida kuzatishadi. Foto: Lyu Sintsze

Fermalardan birining ulkan xonasi va zerikib turgan ikki ishchisi. Bu kabi fermalarda mahalliy aholi vakillari ishlaydi. Ular umumturarjoylarda yashashadi.  Foto: Lyu Sintsze

Ferma xodimi buzilgan mashinani ta'mirlamoqda. Yaqinda bu yerga AntMiner S7 (490 dollar) mashinalari xarid qilib, o‘rnatildi. Ular birmuncha eskirgan AntMiner S5 o‘rnini egalladi. 550 dona tunu kun ishlab, bir sutkada 2,5 bitkoin ishlab chiqaradi. Bir bitkoin 2750 dollar atrofida ekani hisobga olinsa, bir kunda 6 ming dollarga yaqin pul ishlab chiqariladi. Foto: Lyu Sintsze

Ishchilar yangi mayning mashinalarni yig‘ishmoqda. Xitoy fermalarining jozibadorligi shudan iboratki, bu yerda ishchilar va elektr energiyassi arzon. Foto: Lyu Sintsze

Suratda Xitoydagi eng yirik mayning fermalardan birining omborxonasi. Hozirdayoq, unga barcha bitkoin-tarmoqning 5 foiz xesh quvvati to‘g‘ri keladi. Qurilishi tugmagan ferma har birining uzunligi 150 metr va eni 20 metrni tashkil etuvchi 4ta shunday angardan tashkil topadi.  Foto: Jacob Bitsmith

Suratdan ko‘rish mumkinki, bu fermadagi barcha narsa arzon: malakasiz ishchilar, yer va uskunalar ham. Foto: Twitter

Dunyoning eng yirik mayning-fermalaridan birida nam kartonli sovutish tizimi ishlaydi. Sovuq suv kartonlar uzra oqadi ventilyatorlar vositasida bug‘lanadi. Foto: Jacob Bitsmith

Tungi vaqtda ASIC mayning mashinalari ajoyib ko‘rinadi. Bu vaqtda hatto fermada turganingni hamda u yerda faqatgina yangi mashinalar qimmat turishini unutasan.  Foto: Jacob Bitsmith

Xitoyning Guychjou viloyatidagi fermaga o‘rnatilgan mayning mashinalar. Mamlakatdagi aksariyat fermalar kabi imkon qadar kamxarj. Mashinalar bitkoin va efir ishlab chiqaradi. Foto: The New York Times

Suratda Genesis Mining fermasining “Enigma”si. Islandiyada joylashgan Ethereum firmasi bilan ishlaydi. Foto: YouTube

Islandiyaning sovuq iqlimi, arzon elektr quvvati va tez internet sabablii efir tannarxi (Ethereum tarmog‘i valyutasi) juda past. Foto: YouTube

Genesis Mining o‘ziga xos mayning firmadir. Gap shundaki, u faqat mayning bilan shug‘ullanmaydi, balki bulutli mayningga ham ruxsat beradi. Ya'ni mijozlar shartnoma tuzib, bu yerda mayning olib borishadi.  Foto: YouTube

Shveytsariyaning Lintayl shahridagi ferma kamtarona intereri bilan e'tiborga molik. U bitkoin kashshoflaridan biri Gvido Rudolfiga tegishli. Foto: YouTube

Gvido fermasi bir vaqtlar fabrika bo‘lgan binoda joylashgan. Binoda mashinalarni sovutish birmuncha qimmatga tushadi, ammo Gvidoga ko‘ra, bu unchalik ham ahamiyatli emas. Foto: YouTube

Odatda maynerlar odamovi bo‘lishadi. Lekin Gvido insonlarga blokcheyn va bitkoin borasida ta'lim berishnii rejalashtirgan. Masalan, 16 aprelda u fermasida ochiq eshiklar kunini o‘tkazdi. Foto: YouTube

Suratda Honkongdagi mayning fermalardan biri. Unda yuzlab ASIC chiplari o‘rnatilgan raflarni ko‘rish mumkin. 3 xonali xonadon maydoniga to‘g‘ri keluvchi ferma moliyaviy markazdan 12 km uzoqlikdagi Kvaychun tumanida joylashgan. Foto: CNN Money

Ayni ferma. Shkaflarda mayning uchun matematik vazifalarni bajarayotgan serverlar joylashgan. Juda ham sokin, faqat mashinalarning vizillashi eshitiladi. Foto: CNN Money

Suratda ASIC chiplaridan chiquvchi harorat sovutuvchi suyuqlikni qaynatmoqda. Honkong fermasida suyuqlik vositasida sovutish yo‘lga qo‘yilgan. Bu maydon va elektr muammosini hal etishga yordam beradi. Foto: CNN Money

Ulkan radiatorlar ferma tashqarisiga o‘rnatilgan bo‘lib, chiplar ishlab chiqargan issiqlikni tashqariga haydaydi. Foto: CNN Money

Bunisi Rossiyaning eng yirik fermasi. U sovutish va elektrenergiyasi bilan ta'minlash bo‘yicha ulkan muhandislik g‘oyasining hayotga tatbiqidir. Fermaga 3 ming dona AntMiner S9 mashinasi o‘rnatilgan. Uning xeshlash umumiy quvvati 38 PH/S. Foto: hi-tech

Top