19:29 / 25.07.2017
3619

Xitoy bilan ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

2017 yilning 24 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Muvaqqat ishlar vakili Chjan Venchuan bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda O‘zbekiston-Xitoy hamkorligini yanada rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni amalga oshirish masalalari hamda turli darajalarda bo‘lajak ikki tomonlama uchrashuvlar jadvali e'tibor markazida bo‘ldi.

Top