18:55 / 25.07.2017
10852

Mirziyoyev Afg‘oniston prezidentiga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘aniga hamdardlik bildirdi. Bu haqda O‘zA xabar qilmoqda.

“Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrida yuz bergan mudhish terrorchilik xuruji oqibatida ko‘plab begunoh insonlarning qurbon bo‘lgani va og‘ir jarohat olgani to‘g‘risidagi xabar bizni qattiq qayg‘uga soldi. 

Ushbu musibatli damlarda Siz Janobi Oliylari va birodar Afg‘oniston xalqiga chuqur ta'ziya izhor etib, halok bo‘lganlar hamda jarohat olganlarning oila a'zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik tuyg‘ularimizni yetkazib qo‘yishingizni so‘raymiz”, - deyiladi Prezidentning hamdardlik maktubida.

 

Top