15:24 / 25.07.2017
19322

Nukusdagi Markaziy dehqon bozorida mol go‘shti narxi arzonlashdi

Oxirgi paytlarda Nukusdagi Markaziy dehqon bozorida bir kilogramm mol go‘shtining narxi 28-30 ming so‘mga chiqib ketgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Shuningdek ba'zi insonlar bozor rahbarlari 24 ming so‘mdan soting, degani uchun shoxobchalarini yopib qo‘yishgan ekan, degan mish-mishlar ham bo‘lgani haqiqat, deb yozadi Kruz.uz.

Nashr bu gaplarga aniqlik kiritish maqsadida Markaziy bozor rahbarlaridan ma'lumot oldi.

- Xalqqa sifatli go‘shtlarni naqd pul va plastik kartochkalarga har bir kilogrammini 24 mingdan sotmoqdamiz,  - degan dehqon bozordagi yakka tadbirkor F.Avezov.

Nashr haqiqatdan ham bozorda mol go‘shti erkin turda bir kilogrammi 24 ming so‘mdan sotilayotganining guvohi bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top