09:25 / 25.07.2017
7478

OAV: Suriya qamoqxonasiga koalitsiya kuchlari zarba berishi oqibatida qurbonlar bor

Foto: Reuters

AQSh yetakchiligidagi xalqaro koalitsiya samolyotlari Raqqa shahridagi qamoqxona binosiga zarba berdi. Unda IShID tomonidan qo‘lga olinib, garovda saqlanayotgan tinch aholi vakillari bo‘lgan. Sham FM radiostansiyasi xabariga ko‘ra, aviazarba oqibatida 30dan ortiq inson halok bo‘lgan, yaralanganlar soniga oydinlik kiritilmoqda. 

Koalitsiya HHK "Suriya demokratik kuchlari"ni tashkil etgan arab-kurd bo‘linmalarini qo‘llab-quvvatlaydi. Ular Raqqa ko‘chalarida jang olib borishadi. Ekstremistlar esa tinch aholi vakillaridan tirik qalqon sifatida foydalanishmoqda. 

Mavzuga oid
Top