14:55 / 25.07.2017
13225

Putin Polsha bilan hamkorlikni cheklashi mumkin

Rossiya Federatsiyalar kengashi prezident Vladimir Putinga Polsha bilan hamkorlikni cheklash haqida murojaat bilan chiqdi. Bu ushbu davlatda sobiq ittifoq davrida o‘rnatilgan yodgorliklarni buzish haqidagi qonun tufayli yuz berishi mumkin, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti».

Xususan, rossiyalik senatorlar tegishli idoralarga “Polsha Respublikasi bilan ikki tomonlama hamkorlik sohalarida, shuningdek, polshalik parlamentariylarga nisbatan cheklov choralarini kiritish bo‘yicha kompleks takliflar tayyorlash” haqidagi tashabbus bilan chiqishgan.

Senatorlarning ta'kidlashicha, 22 iyun Xotira va motam kunida qonunga tuzatishlar kiritish tahqirlovchi holatdir.

Top