15:30 / 25.07.2017
12096

Rossiya musulmonlari diniy arboblari O‘zbekistonga keldi

Rossiya musulmonlari diniy arboblari delegatsiyasi amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Rossiya musulmon arboblari delegatsiyasi tarkibida Tatariston respublikasi muftiysi Kamil hazrat Samigullin ham bor, deb xabar qilmoqda Tatariston musulmonlari diniy boshqarmasi matbuot xizmati. 

Delegatsiya tarkibiga Tatariston, Moskva, Chuvashiya va boshqa ko‘plab mintaqalar musulmonlari boshqarmalari vakillari kirgan. 

Amaliy tashrif doirasida delegatsiya a'zolari O‘zbekiston Musulmonlari idorasi rahbari, muftiy Usmonxon Alimov bilan uchrashdi. Toshkent Islom Universitetida bo‘lishdi. Rossiyalik mehmonlar tashrif doirasida «Mir – arab» madrasasi, Imom al Buxoriy qadamjosi, Islom Karimov qabrini ziyorat qilishadi. 

Top