17:50 / 25.07.2017
4055

Uber kompaniyasining singapurlik raqibi 2 mlrd dollar jalb qildi

Singapurning onlayn transport xizmati Grab 2 mlrd dollar sarmoya jalbqilishga muvaffaq bo‘ldi. Yaponiyaning Softbank banki  va Xitoyning Didi Chuxing taksi xizmati Singapur kompaniyasiga pul tikdi. Natijada startap bozor qiymati 6 mlrd dollarga yetdi. Kompaniya asoschilaridan biri Entoni Tanga ko‘ra, olingan mablag‘lar  Grab xizmatining bozorda yetakchi o‘rinlarni egallashiga hamda mintaqada GrabPay o‘z to‘lov tizimini joriy qilishga yordam beradi. 

Grab sarmoyalar jalb yana 500 ming dollarni qo‘lga kiritishni rejalashtirgan. O‘tgan yil sentabr oyida bo‘lib o‘tgan investitsiya bosqichi natijasiga binoan startap 3 mlrd dollarga baholangan edi. 

Grab Singapur, Malayziya, Vetnam, Filippin, Myanma, Tayland va Indoneziyada faoliyat yuritadi. Mobil ilova ishga tushirilganidan beri uni yuklab olganlar soni 50 mlndan oshdi. 

U har kuni 3 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi. Grab bilan 1,1 mln haydovchi hamkorlik qiladi.

Mavzuga oid
Top