00:25 / 25.07.2017
12768

O‘z tog‘asidan qariyb 7 mln so‘mlik buyumlarni o‘margan qiz ushlandi

2017 yil 16 iyul kuni Boyovut tumani IIBga Boyovut tumani, Navro‘z MFY, Bog‘iston ko‘chasida yashovchi, Xolmurod Amanov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) murojaat qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz’ga Sirdaryo viloyati IIB.

Amanov o‘z arizasida 2017 yil 02 iyuldan 03 iyulga o‘tar kechasi noma'lum shaxs uyiga hech kim yo‘qligidan foydalanib kirib, yotoqxonasidagi javondan 1 dona narxi 1.650.000 so‘mlik tilla nikoh uzugini, 1 dona narxi 900.000 so‘mlik tilla nikoh uzugini, 1 dona narxi 900.000 so‘mlik qora ko‘zli tilla uzugini, 1 dona narxi 1.200.000 so‘mlik oq ko‘zli tilla uzugini va narxi 2.100.000 so‘mlik tilla zanjirini o‘g‘irlab, jami 6.750.000 so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazganligini ma'lum qilgan. 

Boyovut tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida mazkur jinoyatni arizachining jiyani Madina Salimova sodir etilganligi  aniqlanib, daliliy ashyolar olingan. 

Top