08:18 / 26.07.2017
18863

AQSh Kongressi Amerikaning "eng xavfli raqiblari"ni ma'lum qildi

AQSh Kongressi vakillar palatasi spikeri Pol Rayan palataning Rossiya, Eron va KXDRga qarshi sanksiyalar loyihasini qabul qilganini olqishladi. U mazkur 3 davlatni "AQShning eng xavfli raqiblari" deb baholadi.

Pol Rayan. Foto: Flicr

"Eron, Rossiya va Shimoliy Koreya tomonidan milliy xavfsizligimizga bo‘lgan turli tahdidlarga baho bermaslik mumkin emas. Bu mamlakatlar xalqaro maydonda Amerika sa'y-harakatlarini barbod qilishga va global barqarorlikni izdan chiqarishga harakat qilib kelmoqda. Bizning Kongressdagi ishimiz — ularni javobgarlikka chaqirishdir. 

Hozirgina qabul qilingan qonun loyihasi tarixdagi eng keng qamrovli sanksiyalardan biridir. U bizning eng xavfli raqiblarimizni amerikaliklar xavfsizlikda bo‘lishi uchun siquvga oladi", — degan Rayan.

Vakillar palatasi Rossiya, Eron va KXDRga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish bo‘yicha qonun loyihasini ma'qulladi. Uni Senat muhokama qilishi kerak. 

Mavzuga oid
Top