20:45 / 26.07.2017
15392

Yangi o‘quv yili uchun 730 mingga yaqin abituriyent hujjat topshirdi

O‘zbekiston Prezidentining «2017 —2018-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq oliy ta'lim muassasalariga 2017—2018-o‘quv yiliga abituriyentlardan hujjat qabul qilish joriy yilning 15 iyulida yakunlandi. 

Oliy ta'lim vazirligi axborot xizmati ma'lumotiga ko‘ra, bu yil respublika bo‘yicha 59ta oliy ta'lim muassasasi va ularning 12ta filialiga 729947 nafar abituriyentdan ariza qabul qilindi. O‘rtacha tanlov ko‘rsatkichi bir o‘ringa 10.9tani tashkil etdi.

Bu ko‘rsatkich 2016 yilda 663304 nafarni bir o‘rin uchun 11,5tani tashkil qilgan edi.

Eng ko‘p abituriyentlar hujjat topshirgan oliy ta'lim muassasalari:
Termiz davlat universiteti — 36546 nafar (2016 yilda 37676 nafar)
Qarshi davlat universiteti — 29529 nafar (2016 yilda 26332 nafar)
Farg‘ona politexnika instituti — 27566 nafar (2016 yilda 24334 nafar)
Jizzax davlat pedagogika instituti — 26970 nafar (2016 yilda 25878 nafar)
Farg‘ona davlat universiteti — 26618 nafar (2016 yilda 22135 nafar)
Andijon davlat universiteti — 25850 nafar (2016 yilda 25991 nafar)
Samarqand davlat universiteti — 24515 nafar (2016 yilda 22590 nafar)
Urganch davlat universiteti — 22579 nafar (2016 yilda 20065 nafar)

Eng katta konkurs:
Qarshi davlat universiteti — o‘rtacha 1 o‘ringa 21,1 ta
Andijon davlat universiteti — o‘rtacha 1 o‘ringa 21,0 ta
Andijon tibbiyot instituti — o‘rtacha 1 o‘ringa 20,5 ta
Termiz davlat universiteti — o‘rtacha 1 o‘ringa 20,3 ta
Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali — o‘rtacha 1 o‘ringa 18,7 ta
Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali — o‘rtacha 1 o‘ringa 18,7 ta
O‘tgan yillar davomida abituriyentlar umumiy sonining o‘sish dinamikasi quyidagicha bo‘lgan:

2011 yil — 418724 nafar
2012 yil — 432110 nafar
2013 yil — 480540 nafar
2014 yil — 540229 nafar
2015 yil — 605947 nafar
2016 yil — 663304 nafar
2017 yil — 729947 nafar

Top