23:05 / 26.07.2017
21101

Endi «PSJ» Neymar oldiga shart qo‘ydi

«PSJ» klubi «Barselona»ning braziliyalik hujumchisi Neymardan klubning taklifiga yakuniy javobni aytishini talab qilib chiqdi. Bu haqda L’Équipe nashri xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, parijliklar futbolchining oldiga aniq bitta shart qo‘ygan. Unga ko‘ra, futbolchi kelgusi haftaning so‘nggiga qadar kelgusi mavsumda qaysi jamoada to‘p surishga qaror qilganini aniq aytishi kerak bo‘ladi.

Avgustning boshida «PSJ» va «Barselona», AQShdagi mavsumoldi tayyorgarligini yakunlab ortga qaytib keladi. O‘sha vaqtgacha Neymar kelajagi borasida bir to‘xtamga kelishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, agar Neymar «PSJ»ga o‘tadigan bo‘lsa, u dunyoning eng qimmat futbolchisiga aylanadi. Frantsuz klubi uning shartnomasida ko‘rsatilgan tovon puli 222 mln yevroni aktivlashtirgan holda sotib olishni ko‘zlamoqda.

Top