10:47 / 26.07.2017
24964

Qoshlar Trampga qarshi: G‘alati qoshlarga ega ayol AQSh prezidentidan ham mashhur bo‘lib ketdi

AQSh prezidenti Donald Tramp dushanba kuni Obamacare tibbiy sug‘urta tizimini tanqid qiluvchi nutqni so‘zladi. Biroq, ijtimoiy tarmoqlardagi foydalanuvchilarning bor e'tibori uning chiqishiga emas, balki Amerika yetakchisining ortida turgan g‘alati qoshli ayolga qaratildi.

Qoshlar Trampga qarshi

Twitter foydalanuvchilari ayolning g‘alati shaklli qoshlariga avvalgi prezident Barak Obamaning sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlar salbiy natijalar keltirgani bilan izoh berishgan.

“Qoshlaring Obamacare islohoti qurboniga aylanganini tushunmoqdasan”, - deya yozgan Twitter’dagi BadGuyZero taxallusi ostidagi foydalanuvchi.

Boshqa izoh beruvchilarning yozishicha, hukumat Obamacare’ni emas, balki amerikalik ayolning qoshlarini “bekor qilishi va almashtirishi” kerak.

“Tramp shu ayolning qoshlarini bekor qilishi va almashtirishi lozim”, - deya yozgan annapaul4317.

Ba'zi blogerlarning fikricha, ayol Trampning ortida bekorga turmagan.

“Tramp jonli efir vaqtida e'tiborni o‘ziga jalb etuvchi qopqon qo‘ydi, sababi biz u nima haqida gapirayotganini eshitmasligimizni istagan”, - deydi fatesummons.

Foydalanuvchilardan birining hazil qilishicha, bunday noodatiy shaklga ega qoshlar – Trampning nutqiga tabiiy reaksiyadir.

“Hattoki qoshlar ham eshitayotgan narsalariga ishonayotgani yo‘q”, - deya yozdi MightyZum.

Ba'zi birlar tashqi qiyofasi sabab masxara qilingan ayolga achingan.

“Bu ayolga juda achinmoqdaman. Matbuot anjumani tugaydi, hamda u butun Twitter o‘zi haqida nima yozayotganini bilib oladi”, - deya yozgan CoolHandDan26 taxallusi ostidagi foydalanuvchi.

 

Mavzuga oid
Top