15:25 / 26.07.2017
10999

Merkel turmush o‘rtog‘i bilan operaga bordi

Germaniya kansleri Angela Merkel turmush o‘rtog‘i Ioxim Zauer bilan operaga bordi, deb xabar qilmoqda Reuters.

Er-xotin har yilgi Bayryoyt festivaliga tashrif buyurishgan. Bu musiqa tadbirida Rixard Vagnerning ishlaridan foydalaniladi. Merkel hamda Zauer esa – bu bastakorning katta muxlislaridir.

Festival bir oy davomida bo‘lib o‘tadi. Kantsler va uning turmush o‘rtog‘i birinchi kun mehmon bo‘lishgan.

 

Mavzuga oid
Top