09:24 / 26.07.2017
4806

Mumbayda uy qulashi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi

Foto: Reuters

Hindistonning Mumbay shahrida 4 qavatli turar-joy binosining qulashi oqibatida kamida 17 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy o‘t o‘chirish xizmatiga iqtibos keltirgan holda ANI axborot agentligi xabar bermoqda

Fojia vaqtida uyda 30 ga yaqin odam bo‘lgan. Qutqaruvchilar vayronalar ostidan 11 kishini qutqarishga muvaffaq bo‘lishgan. Qutqaruv operatsiyasi hanuzgacha davom etmoqda. 

Binoning qulashi sabablari hozircha ma'lum qilinmagan, biroq ko‘pincha inshootlar qurilish me'yorlariga zid ravishda va sifatsiz materiallardan quriladigan Hindiston uchun bunday holatlar kamyob hisoblanmaydi.

Mavzuga oid
Top