21:22 / 26.07.2017
12162

OAV: Eron va Shimoliy Koreya yangi raketalar uchirishga tayyorlanmoqda

foto:AFP 2017 / Jung Yeon Je

Eron va Shimoliy Koreya yangi raketalar uchirmoqchi, deb nomlari aytilmagan amerikalik amaldorlarga iqtibos keltirgan holda Fox News telekanali xabar berdi.

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, Eron orbitaga sun'iy yo‘ldoshga ega Simorgh raketa-tashuvchisini uchirmoqchi. Amaldorning aytishicha, Eronning orbitaga sun'iy yo‘ldosh olib chiqish bo‘yicha avvalgi urinishi 2016 yil aprelda amalga oshirilgan, biroq muvaffaqiyatsiz tugagan.

Amaldorning ta'kidlashicha, AQSh razvedka  xizmatlari Tehrondan 140 km uzoqlikda joylashgan Semnan kosmodromi ortidan kuzatuv olib bormoqdalar. Ma'lum qilinishicha, "start maydonida raketaning birinchi va ikkinchi pog‘onalari o‘rnatilgan" va raketa istalgan vaqtda uchirilishi mumkin.

Telekanalning ma'lum qilishicha, Shimoliy Koreya 1953 yilda Koreya urushi yakunlangani va yarashuv bitimi imzolanganining 64 yilligi munosabati bilan 27 iyulda qit'alararo ballistik raketa uchirishi kutilmoqda. Amaldorlarning ma'lumotlariga ko‘ra, start maydonchasi joylashgan Kuson shahriga raketani uchirish uchun zarur bo‘lgan qurilmalar yetkazilayotgani payqalgan.

Mavzuga oid
Top