15:20 / 26.07.2017
19977

Oyda suv topildi

AQShdagi Braun universiteti olimlarining fikricha, Oy yuzasida suv bo‘lishi mumkin. Bunday nazariya Nature Geoscience ilmiy jurnalida e'lon qilindi.

Hindistonning Chandrayaan-1 sun'iy yo‘ldoshidan olingan fotosuratlar jiddiy o‘rganib chiqilganda, Oyning barcha yuzasida vulqon jinsi tarkibiga kiluvchi shisha donalari topildi.

2009 yilda NASA o‘tgan asrning 70-yillarida o‘tkazilgan “Apollon” dasturi doirasida olingan ma'lumotlar, Oy yuzasida suv bor ekanidan dalolat berishini ma'lum qilgandi. Mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan hisob-kitoblarga ko‘ra, Oy tuprog‘ining bir tonnasi taxminan 946 gramm suvga ega. Biroq, Oydagi tuproq namunalari va tegishli tadqiqotlar bu holat Oyning barcha yuzasida kuzatilishini isbotlay olmadi. Bundan tashqari, ilm dunyosida osmon jismida suvning paydo bo‘lishiga oid turli fikrlar bor. Hattoki suv quyosh shamoli va vodorodning o‘zaro aloqaga kirishishi natijasida yuzaga kelgani borasida ham taxmin bor edi.

Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotda ishtirok etgan mutaxassislardan biri Ralf Millikenning bayonotiga ko‘ra, "deyarli barcha tahlillar suv bor ekanini ko‘rsatmoqda hamda Oy tubining katta qismi namga boy, degan fikrga kelish mumkin".

Vulqon jinslarida suvning borligi ko‘p joyda uchraydi. Oy tuprog‘idagi suv miqdorining juda kamligini esa yuzadan ko‘plab kilometrlar pastda bo‘lgan vulqon jinslarida ehtimol suv borligi bilan oqlash mumkin. Ralf Millikenning bayonotiga ko‘ra, bu Oyga bo‘lajak missiyalarni tashkil etishda qo‘l keladi hamda Oydan suv olish kabi istibolli loyihani ochib beradi.

Top