21:30 / 26.07.2017
4863

Jokovich mavsumni barvaqt tugatishga majbur bo‘ldi

Foto: Reuters

Serbiyalik taniqli tennischi Novak Jokovich mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuboradi, deb xabar bermoqda AR axborot agentligi. 

Bunga sabab tennischi "Uimbldon" musobaqasida kurashni davom ettira olmaganiga sabab bo‘lgan bilak jarohati hisoblanadi.

Shu tariqa, Jokovich AQSh Ochiq chempionatida (US Open) ishtirok eta olmaydi va uzoq vaqt ichida ilk marta "Katta dubulg‘a" musobaqasini o‘tkazib yuboradi. Bu musobaqa tennischining faoliyatidagi 51-raqamlisi bo‘lishi kerak edi.

Ta'kidlanishicha, Jokovich "Katta dubulg‘a" seriyasi musobaqalarida 2005 yildan beri ishtirok etib keladi. U shundan beri seriyaga kiruvchi 12 musobaqada: 6 marta Australian Open’da, 3 marta "Uimbldon"da, 2 marta US Open’da va bir marta Fransiya ochiq chempionati – "Rolan Garros"da g‘olib bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top