08:42 / 27.07.2017
4750

BMT bosh kotibi Al-Qudsdagi vaziyatdan juda tashvishda ekanini bildirdi

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishning ma'lum qilishicha, Eski Al-Qudsda yaqinda ro‘y bergan hodisalar tufayli zo‘ravonlik holatlari avj olishi mumkinligidan tashvishda. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

«Al-Qudsda zo‘ravonlik holatlari avj olishi mumkin ekanidan juda tashvishdaman. Barcha siyosiy, diniy va jamoat arboblarini fitna kayfiyatiga ega harakatlar hamda bayonotlardan qochishga, shuningdek, Isroilni vazminlikka chaqiraman», - degan BMT bosh kotibi.

Eslatib o‘tamiz, 21 iyul kuni hujumlar seriyasi natijasida olti kishi – uch falastinlik va uch isroillik halok bo‘ldi. Bu arab-isroil mojarosi tarixida so‘nggi yillardagi eng qonli kunlardan biriga aylandi.

Top