21:30 / 27.07.2017
12787

«Bunyodkor» yarim finalda! Qosimov yana Abramovdan ustun keldi

Foto: offsayd.uz

O‘zbekiston kubogining 1/4 final javob uchrashuvidan o‘rin olgan yana bir uchrashuv nihoyasiga yetdi. Unda Mirjalol Qosimov jamoasi «Bunyodkor» Vadim Abramov ustozlik qilayotgan «Neftchi»ni qabul qildi.

Uchrashuvda avvaliga «Neftchi» vakillari belgilangan penaltini aniq amalga oshirib oldinga olib chiqqan bo‘lsa, bo‘lim so‘nggida Vadim Chemirtan farqni yo‘qqa chiqardi.

Ikkinchi bo‘limda esa mezbonlar to‘liq ustunlik qilishdi. Dastavval Dostonbek Hamdamov jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi va bu farg‘onaliklarning umidlarini so‘ndirib qo‘ydi. Buning natijasida Otabek Shukurov mavsumdagi eng chiroyli gollardan biriga mualliflik qilib farqni oshirdi.

Farg‘onada ham 2:1 hisobida g‘alaba qozongan Qosimov shogirdlari umumiy hisobda 5:2 hisobida ustun keldi va kubokning yarim finaliga yo‘llanma oldi.

O‘zbekiston kubogi

1/4 final, javob uchrashuvi

«Bunyodkor» - «Neftchi» 3:1 (1:1)

Gollar: Vadim Chemirtan (45+2), Dostonbek Hamdamov (58), Otabek Shukurov (69) - Muzaffar Muzaffarov (37, penalti).
«Bunyodkor»: Murodjon Zuhurov, Islom Qobilov, Akram Komilov, Anvar G‘ofurov, Javlon Ibrohimov, Shahzodbek Nurmatov (Farrux Ikromov, 82), Vadim Chemirtan, Dostonbek Hamdamov, Dilshodbek Ahmadaliyev, Otabek Shukurov, Mirjamol Qosimov (Davronbek Umirov, 65)
«Neftchi»: O‘tkir Yusupov, Dostonbek Tursunov, Kamronbey Kapadze, Muzaffar Muzaffarov, Dilyorbek Ermatov, Muhsinjon Ubaydullayev (Temur Hakimov, 55), Abdurahmon Abdulxaqov, Abdujamol Isroilov, Mansur Saidov (Mo‘ydin Mamazulumov, 71), Alisher Shog‘ulomov, Otabek Haydarov (Sherzod Hakimov, 59).
Ogohlantirishlar: Mirjamol Qosimov (58), Abdurahmon Abdulhaqov (90+3).
Dastlabki uchrashuv: 2:1

Top