22:31 / 27.07.2017
7050

Oq uy: 150 yil avval ma'lumotlar sizib chiqishi aybdorlari osilgan bo‘lardi

Oq uyning kommunikatsiyalar departamenti rahbari Entoni Skaramuchchi AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uydagi ma'lumotlar sizib chiqishida kim aybdor ekanligi haqida tasavvurga egaligini aytdi. Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda

"Prezident va men kim ma'lumotlar sizib chiqishi va Oq uydagi sizib chiqishlarning bosh manbalari kim ekanligi haqida juda, juda yaxshi tasavvurga egamiz", deb aytgan Skaramuchchi.

Uning ta'kidlashicha, 150 yil avval bunday sotqinlarcha xatti-harakatlar uchun dorga osish orqali o‘lim jazosi kutgan bo‘lardi.

Avvalroq Tramp Rossiya elchisi Sergey Kislyak va AQSh bosh prokurori Jyeff Seshns uchrashuvi haqidagi The Washington Post nashridagi maqolani ma'lumotlar sizib chiqishi deb atagandi.

Mavzuga oid
Top