AQSh davlat kotibi Reks Tillersonning ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar davlat kotibi lavozimini tark etish niyatida emas, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti».
«Men Davlat departamentidan hech qayerga ketishni rejalashtirayotganim yo‘q», - deya ma'lum qildi u.
Shuningdek, uning ta'kidlashicha, Davlat departamentida ancha vaqt qolish niyatida. U AQSh prezidenti Donald Tramp bilan o‘zaro munosabatlarini «yaxshi» deb baholagan.
Avvalroq CNN telekanali AQSh davlat kotibi iste'foga chiqmoqchi ekani haqida xabar bergandi.