23:16 / 28.07.2017
11545

Buxorodagi davolanish maskanlarida o‘g‘rilik sodir etildi

Buxoro shahar IIBga, Peshko‘ tumanida yashovchi fuqarolar S.Rahmonova hamda M.Hidoyatovalar ariza orqali murojaat qilishib, noma'lum shaxs ular davolanib turgan Buxoro viloyat endokrinologiya dispanseridagi xonadan S.Rahmonovaga tegishli bo‘lgan 350.000 so‘m naqd pullari, ichida 1.864.000 so‘m puli bo‘lgan “Agrobank” plastik kartochkasini, M.Xidoyatovaga tegishli bo‘lgan 100.000 so‘m naqd pulni yashirin ravishda olib, jabrlanuvchilarga moddiy zarar yetkazib, voqea joyidan yashiringanligini bildirishgan.

Shuningdek, Rossiya Federatsiyasida tug‘ilgan, millati ukrain S.Petrovich ariza orqali murojaat qilib, noma'lum shaxs, u davolanib turgan “Moxi-xossa” sanatoriyasining 421-xonasiga kalit tanlash yo‘li orqali g‘ayriqonuniy ravishda kirib, mazkur xonadan unga tegishli bo‘lgan 500.000 so‘m va 500 Rossiya rublini yashirin ravishda o‘g‘irlab ketganligini bildirgan.

Ushbu holatlar yuzasidan ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan tezkor surushtiruv tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Top