15:22 / 28.07.2017
31821

Kreml Qodirovning Al-Aqso masjidi haqidagi so‘zlariga izoh berdi

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilishicha, Ramzon Qodirovning Checheniston rahbari lavozimidan ketishi hamda Al-Qudsdagi Al-Aqso masjidini qo‘riqlashga tayyorligi haqidagi so‘zlarini ish joyini o‘zgartirish bo‘yicha bayonot sifatida baholash kerak emas.

Shuningdek, uning ta'kidlashicha, Kreml Checheniston rahbari Ramzon Qodirovdan vakolatlarni topshirish bo‘yicha murojaatni qabul qilib olmagan.

«Buni ishni o‘zgartirish haqidagi qandaydir bayonot sifatida baholash kerak emas. Bu Qodirov islom diniga qanday e'tibor qaratishidan darak beradi. Bilamizki, Qodirov musulmon. Shuning uchun bu yerda hammasini to‘g‘ridan to‘g‘ri qabul qilish kerak emas», - deya ma'lum qildi Peskov.

Avvalroq Checheniston prezidenti Ramzan Qodirov Ibodat tepaligidagi Al-Aqso masjidini himoya qilish uchun o‘z lavozimini tashlab ketishga tayyorligini ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid
Top