16:04 / 28.07.2017
18183

Mirziyoyev Hindiston prezidentiga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindistonning Gujarat shtatida ro‘y bergan suv toshqinlari oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va aholi o‘rtasida uy-joyidan ajraganlar, jiddiy talofat ko‘rganlar borligi munosabati bilan Hindiston Respublikasi Prezidenti Ram Natx Kovindga samimiy hamdardlik izhor etdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Davlat rahbari maktubda Hindiston Prezidenti va butun Hindiston xalqiga chuqur ta'ziya bildirdi. Oila a'zolari va yaqinlaridan judo bo‘lgan insonlarga samimiy hamdardlik so‘zlarini yetkazib qo‘yishni so‘radi.

Top