10:08 / 28.07.2017
7323

“O‘zqurilishmateriallari” AJ korxonalari tomonidan 1,5 trln. so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi  

Illyustrativ foto

“O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyati tizimiga kiruvchi korxonalar tomonidan 2017 yilning birinchi yarim yilligida 1,5 trln. so‘mlik sanoat mahsulotlari hamda xalq iste'moli tovarlari ishlab chiqarildi. 2016 yilning shu davriga nisbatan mahsulotning umumiy ishlab chiqarish hajmi 7 foizga o‘sdi.

Kompaniya ma'lumotlariga ko‘ra, 2016 va 2017 yilning 6 oyi davomida jami 158 mln. dollarlik 39 ta loyiha amalga oshirildi.

Investitsiya dasturining manzilli dasturi qismiga muvofiq 2017 yilning yanvar-iyun oylarida 40,1 mln dollarlik mablag‘lar o‘zlashtirildi. 2017 yilning 6 oyi davomida mahsulot eksporti hajmi 46,9 mln dollarni tashkil qildi. 

Joriy quvvatlarning modernizatsiya qilinishi va yangi korxonalarni ishga tushirib zamonaviy, raqobatbardosh turdagi qurilish materiallarining ishlab chiqarilishi natijasida 2007 yildan hozirgi davrgacha eksport qilinuvchi mahsulotlarning turlari 12 tadan 48 tagacha ko‘paydi, buning natijasida mahsulotning eksport hajmi 33,9  mln dollardan 107,0 mln dollargacha oshdi.

Bugungi kunda mahsulotni eksportga chiqarish bozorlarini kengaytirish maqsadida, marketing ishlari olib borilmoqda. Hozirgi kunda Turkmanistan, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Afg‘oniston, Birlashgan Arab Amirliklari, Eron va boshqa mamlakatlarga eksport qilinmoqda.

Top