12:23 / 29.07.2017
9700

Yap-yangi Mitsubishi Lancer Evolution IX 138 ming dollarga sotildi

Ishlab chiqilganiga 11 yil bo‘lgan «kuchaytirilgan» Mitsubishi Lancer Evolution IX  eBay onlayn kim oshdi savdosida 137 954 dollarga sotildi. Atigi 9 mil (14,5 km) yurgan avtomobil Yaponiya kompaniyasining Kaliforniyadagi dileri tomonidan savdoga qo‘yildi. Kim oshdi savdosida 80 kishi qatnashdi.

2006 yil o‘rtalarida yangi Mitsubishi Evo IX MR 37 ming dollar turar edi. So‘nggi ishlab chiqilgan zamonaviy «Evo» o‘tgan yilning sentabrida 76,4 ming dollarga sotilgandi. 

«To‘qqizinchi» avlod Mitsubishi Lancer Evolution 286 ot kuchiga ega 2.0 litrli turbomotor bilan jihozlangan. 6 bosqichli mexanik uzatmalar qutisi vositasida harakatga keluvchi elektron boshqaruvli markaziy differensialli g‘ildiraklarining barchasi yetakchidir. U 6 soniyaga yetmasdan tezligini soatiga 100 kmga chiqaradi. Uning eng yuqori tezligi soatiga 250 kmdir. 

Top