16:25 / 29.07.2017
16948

«Barsa» Neymarning transferiga tayyor

«Barselona» prezidenti Xosep Mariya Bartomeu jamoa hujumchisi Neymarning «PSJ»ga 222 mln yevro evaziga ehtimoliy transferi bilan bog‘liq vaziyat haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Har yili raqobatbardosh va ko‘p sovrinlarni yutib olishga qodir bo‘lgan jamoani tuzishga harakat qilamiz. Ba'zi mavsumlarda buning uddasidan chiqamiz, ba'zilarida esa – yo‘q. Biroq har doim eng yaxshisiga intilamiz. Biz Neymarning qolishini istaymiz, biroq uning transferi uchun talab etilayotgan mablag‘, degan narsa ham bor. Agarda u ketishni xohlasa, unga mos pulni berishsa, u ketadi. Men Neymar bilan suhbatlashdimmi? Biz gaplashmadik. Ispaniyaga qaytib kelganimizdan so‘ng, u bilan o‘tirib, muloqot qilamiz. Uning transferi yordamida olinadigan barcha pullarni jamoani kuchaytirishga sarflaymiz.

Neymarning transferini amalga oshirish uchun shartnomasida belgilab qo‘yilgan mablag‘ni to‘lashlari lozim. UYeFAda moliyaviy feyr-pley qoidasi bor, hamda agarda qaysidir klub buni buzsa, sanksiyalarga uchraydi. «Barselona» jahonda daromadlar bo‘yicha birinchi yoki ikkinchi jamoadir – yiliga 800 mln yevro. Bu klubga rivojlanish uchun imkoniyat beradi.

«Liverpul»dan Filippe Koutino Neymarning o‘rniga kelishi haqidagi mish-mishlar? Koutino ajoyib o‘yinchi, biroq biz bu haqda hech narsa gapira olmaymiz. Bu vaziyatda ehtiyotkor bo‘lish lozim», - deya «Barselona» prezidentining so‘zlarini keltiradi AS.

Top