10:50 / 29.07.2017
12526

Xitoylik ayol kreditni to‘lamaslik uchun plastik jarrohlik stoliga yotdi

Foto: Fotolia

Xitoyning Xubey viloyatida yashovchi ayol 25 mln yuan (3,7 mln dollar) miqdoridagi kreditni to‘lamaslik uchun plastik amaliyotini o‘tkazib,tashqi ko‘rinishini o‘zgartirdi, deb xabar qilmoqda Sinxua agentligi.

Xubey viloyati Uxan shahri sudining qaroridan so‘ng, 59 yoshli Chju Natszyuan plastik amaliyotini o‘tkazib, noma'lum tomonga g‘oyib bo‘lgan. 

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, u iyul oyida Shenchjen shahrida boshqa shaxs nomiga temir yo‘l chiptasini xarid qilayotgan vaqtda ushlangan. Qayd etilishicha, politsiya xodimlari uni ushlashga kelishganida, gumondorning o‘ziga o‘xshamasligidan ajablanishgan. Huquq-tartibot idorasi xodimining aytishicha, "u 30-40 yoshli ayolga o‘xshagan".

So‘nggi vaqtlarda Uxan shahri hukumati kreditlarni to‘lamaydiganlarga qarshi jiddiy kurash olib bora boshlagan. Yilning birinchi yarim yilligida shaharda 186 kishi kreditlarini to‘lamaslik ayblovi bilan ushlangan. 

Top