09:07 / 29.07.2017
10907

KXDR ikkinchi ballistik raketaning muvaffaqiyatli sinovini o‘tkazdi

Koreya Markaziy Telegraf agentligi xabar qilishicha, KXDR ikkinchi ballistik raketa sinovini muvaffaqqiyatli o‘tkazgan. Bu safar qit'alararo ballistik raketa "Xvason-14" uchirilgan.

Yonxap agentligining qayd etishicha, sinovni o‘tkazish buyrug‘ini mamlakat yetakchisi Kim Chen In shaxsan bergan. U qo‘modonlik punktidan raketa sinovini kuzatib turgan. 

KMTAga ko‘ra, raketa 47 daqiqa 12 soniya uchgan. Uning parvoz masofasi 998 kmni, uchish balandligi 3 ming 724,9 kmn tashkil etgan.

"Xvason-14" QBR parvozi qo‘shni mamlaakatlarga tahdid solmagan. 

Mavzuga oid
Top