21:36 / 29.07.2017
39651

Oliy ta'lim vaziri bunker va iks-variantlar haqida 

Kun.uz tahririyati O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri Inomjon Majidov bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Muloqot davomida Majidov test sinovlari bilan bog‘liq vaziyat haqida ham to‘xtalib o‘tdi. 

“Bilasizlar, bu jarayonga aralashadigan juda ko‘p faktorlar bor. Oliy o‘quv yurti mana shularning bo‘lishidan manfaatdor emas. Oliy o‘quv yurti eng yaxshi talablarni o‘ziga yig‘ib olish harakatida. Yana aytaman, oliy o‘quv yurti bu holatlarning oldini olishga harakat qiladi. Texnik jihatdan ham bor, tashkiliy jihatdan ham bor. Iks-variant, degan narsani hozir eshitib turibman. Bu narsa aslida chalg‘itish varianti. Ma'lum bir odamlar bundan foydalanib qolmoqchi bo‘ladi. Buni har yili ko‘rganmiz. Afsuski, ko‘p odamlar aldanib qolmoqda. Qanaqasiga hamma variant yechilgan holda ko‘chada yurishi mumkin. Bunaqasi yo‘q. To‘g‘ri hammaga har xil variant tushadi, lekin o‘zini kuchiga ishonish kerak. Hozirgi bizning test tizimimizda agar bilimi bo‘lsa, o‘ziga ishonsa, tayyorgarligi kuchli bo‘lsa, yuqori ballni oladi. Uning ballini pasaytirib, o‘zgartirishning hech qanday iloji yo‘q. Ko‘proq o‘ziga ishonish kerak. Chetga qarab, qayerdadir iks-variant ekan, deyish kerak emas”, - deydi Oliy ta'lim vaziri.

 

Top