18:43 / 29.07.2017
21044

Oliy ta'lim vaziri O‘zbekiston OTMlaridagi o‘qitish tizimi haqida

Kun.uz tahririyati O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri Inomjon Majidov bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Vazir O‘zbekiston OTMlaridagi o‘qitish tizimi haqida to‘xtalib o‘tar ekan, ko‘pchilik universitetlarning o‘zida turli darajada boshqaruv tizimi yo‘lga qo‘yilganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, jahonda tan olingan universitetlarning tajribasini olish lozim. 

“Bunda o‘quv mazmuni, o‘qitish dasturlari bizda jahon andozalaridan juda ham qolib ketgan, deb bo‘lmaydi. Chunki, har holda oliy o‘quv yurtlarida ilm bilan shug‘ullanadigan pedagoglarimiz salohiyati bor. Mavjud tajriba o‘rganiladi. O‘tgan yili barcha yo‘nalishlardagi o‘quv rejalarini ishlashda 5-6 ta rivojlangan davlatlardan o‘quv rejalari olindi. Ularniki hamda o‘zimizniki olinib, solishtirildi. O‘qitiladigan fanlarda juda ham katta farq mavjud emas. Faqat ulardagi tizimda o‘zi tanlaydigan fanlarning miqdori ko‘proq. Aniq bir yo‘nalishga 40-45 ta fan qo‘ygan bo‘lsa, ularnikida 100-150 fan. Qanaqasiga? Aslida ular o‘qitadigan fan o‘sha 40 ta ham emas. Lekin tanlab oladigan fanlari ko‘proq. Fanning dasturiga kelsak, bizda yo‘q, lekin o‘rganilishi dolzarb bo‘lgan fanlar qo‘yildi. Keyingi pog‘ona dastur darajasiga tushdi. Buni chuqurroq bilish uchun adabiyoti kerak. Nimadan, qaysi adabiyotdan o‘qimoqda? Bu ham ko‘rib chiqildi. Bunda ham bizniki yangilandi. Ba'zi sohalarda ko‘p narsalar yangilandi. Bu jarayon doimiydir. Bu yerda til bilish masalasi ham bor”, - deydi Majidov.

Top