12:38 / 29.07.2017
6377

Pokistonning Eron bilan chegaraga yaqin hududida portlash ro‘y berdi, qurbonlar bor

Pokistonning Eron bilan chegaraga yaqin hududida bomba portlashi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Associated Press.

Hodisa Pokiston janubi-g‘arbidagi Panjgur okrugida, Eron bilan chegaradagi shaharda ro‘y berdi.

Ta'kidlanishicha, besh kishi jarohat olgan. Politsiya bombani kim o‘rnatganini aniqlamoqda.

Avvalroq Pokistonning Panjob viloyatidagi Lahor shahrida yuz bergan portlash oqibatida kamida 22 kishi halok bo‘lgani xabar berilgandi.

Top