10:33 / 29.07.2017
16331

Saakashvili Poroshenko bilan munosabatlaridagi eng katta xatosi haqida gapirdi

Odessa viloyatining sobiq gubernatori Mixail Saakashvili Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko bilan birgalikda ishlash chog‘ida yo‘l qo‘ygan eng katta xatosini ma'lum qildi.

«Men yo‘l qo‘ygan eng katta xato shundan iborat ediki, men avvaldan Poroshenkoning maqsadini noto‘g‘ri tushundim. Unda esa bu oddiy narsa edi – mablag‘ ishlab topish», - deya ma'lum qildi Saakashvili «Ukrainskaya pravda»ga bergan intervyusida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Poroshenko ish joyidagi ko‘p vaqtini biznes bilan bog‘liq masalalarni hal etishga sarflaydi.

Avvalroq Saakashvili Ukraina fuqaroligidan nega mahrum etilgani ma'lum qilingandi.

Top