14:09 / 29.07.2017
5521

Toshkentda 1,5 kilogrammdan ortiq marixuana moddasini saqlab kelgan shaxs ushlandi

2017 yilning 24 iyul kuni ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan Mirzo Ulug‘bek tumani hududida o‘tkazilgan “Qoradori-2017” tadbiri davomida fuqaro Filipp Kostik og‘irligi 1 kilogramm 549,91 gramm bo‘lgan «marixuana» giyohvandlik vositasini sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlangan. Bu haqda Toshkent IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 25, 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalarini ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotishga suiqasd qilish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Top