18:49 / 29.07.2017
38862

Video: Istanbulda Airbus A320 samolyoti uchuvchisi havo laynerini juda qaltis vaziyatda qo‘ndirdi

Ukrainaning Atlasjet Ukraine aviakompaniyasi uchuvchilari Istanbulda yirik aviahalokatning oldini olishdi. Ular bor mahoratlarini ishga solib, samolyotni uchish-qo‘nish yo‘lagini ko‘rmagan holda yerga qo‘ndirishning uddasidan chiqishdi. Bu haqda qator jahon OAV xabar qilmoqda. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, 27 iyul kuni Ukrainaning Atlasjet Ukraine aviakompaniyasi uchuvchilari kuchli do‘lga duch kelishi oqibatida talofat ko‘rgan A320 samolyotini aeroporta qo‘ndirishgan. flightradar24 ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu samolyot UH250 Xarkov — Istanbul reysini amalga oshirgan. Shundan so‘ng, u Istanbuldan Atlasglobal (Turkiya) aviakompaniyasining KK1010 yo‘nalishi bo‘yicha Erkanga parvozni amalga oshirgan. 

Atlasglobal bayonotiga ko‘ra, havo layneri Erkanga uchgach, 1,2 ming metr balandlikda do‘lga uchragan va burni va old oynalari sezilarli talofat ko‘rgan. Shundan so‘ng, uchuvchilar Istanbulga qaytishga qaror qilishgan. 

Suratlardan ko‘rish mumkinki, do‘l old oynalar shaffofligini yo‘q qilgan. A320 ning tumshug‘i deyarli yo‘q bo‘lgan. 

Havo kemasiga KK1010 reysini amalga oshirishda Aleksandr Akopov komandirlik qilgan. U uchish-qo‘nish yo‘lagini yon oyna orqali ko‘rib samolyotni qo‘ndirishga muvaffaq bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top