21:46 / 30.07.2017
18067

«PSJ» Neymarni qo‘lga kiritishning boshqa yo‘lini topdi

«Barselona» hujumchisi Neymar tez orada Qatar Sports Investment fondi bilan shartnoma imzolaydi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, mazkur fond qatarliklarning «PSJ»ga egalik qiladigan sulolasiga tegishli sanaladi. Shartnomaga ko‘ra, 25 yoshli braziliyalik futbolchi JCh-2022  elchisiga aylanadi va bu orqali 300 million yevro ishlab topadi.

Agar «Barselona» va «PSJ» Neymar transferi bo‘yicha kelishuvga erisha olmasa, futbolchining o‘zi shartnomasida ko‘rsatilgan tovon pulini 222 million yevro evaziga sotib olishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 23 iyulda tarqalgan xabarga ko‘ra, parijliklar feyr-pley cheklovlarini chetlab o‘tish uchun prezidentning fondi Qatar Sports Investments xizmatidan foydalanishi xabar qilingandi. Bu yo‘l aynan Neymarni Qatarda o‘tadigan mundialga elchi qilib tayinlash ekani ma'lum bo‘ldi.

Top